
Ekaterina Aleksandrova: Xayr, Xertogenbos!
Rossiyalik tennischi Ekaterina Aleksandrova Xertogenbosda o‘tayotgan tennis turniridagi ishtirokini birinchi davrada to‘xtatdi.
U musobaqaning ilk bosqichida gollandiyalik Arante Rusga qarshi kortga chiqdi va uch setda 7:6, 4:6, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endi Arante "Libema Open" musobaqasining ikkinchi davrasida amerikalik Koko Vandevege bilan kuch sinashadi.
Fikrlar