Elena Ribakina barchani hayratga solmoqda
Rossiyada o‘tkazilayotgan “St.Petersburg Ladies Trophy – 2018” turnirida kutilmagan natijalar qayd etilmoqda.
WTA reytingida 450-pog‘onada borayotgan rossiyalik Elena Ribakina ikkinchi davrada frantsiyalik Karolin Garsiyani 4:6, 7:6, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi u chorak finalda germaniyalik Yuliya Gyorges va italiyalik Roberta Vinchi uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahslashadi.

Fikrlar