
Emil Xegle Svendsen ham biatlonni tark etmoqda
Biatlon bo‘yicha 4 karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi norvegiyalik Emil Xegle Svendsen sportchilik faoliyatini yakunlagani haqida xabar qili.
Ma’lum bo‘lishicha, biatlonchini mavsumning boshidan astma bezovta qilib kelgan va bu poygalar davomida mazmunli ishtirok qilishiga mone’lik ko‘rsatgan. Sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar ijobiy tomonga hal bo‘lmayotgani uchun Emil katta sportdan ketishini rasman e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval norvegiyalik boshqa bir afsoni Ule-Eynar Bryondalen ham biatlon bilan xayrlashgan edi. Svendsen faoliyati davomida Olimpiadalarning 4 ta oltin, 3 ta kumush va 1 bronza, shuningdek, jahon chempionatlarida 12 ta oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar