
Eng kuchli jamoalar Jizzaxda bellashadigan bo‘ldi
Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqaning qizlar bahsida Namangan, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari jamoalari “Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlari final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Andijon viloyati terma jamoasi Qashqadaryo viloyati vakillarini 42:37 hisobida engdi. Qoraqalpog‘istonlik yoshlar samarqandlik sportchilarni 21:20 hisobi bilan mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Jizzax va Xorazm viloyatlari yosh sportchilari bellashuvida 27:26 hisobi qayd etildi. Toshkent shahri va Sirdaryo viloyati jamoalari o‘rtasidagi bahsda 28:13 hisobida poytaxtlik sportchilarning qo‘li baland keldi.
Final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Andijon va Jizzax viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari Jizzaxda yana uchrashadigan bo‘ldi.
Fikrlar