Federer doping testdan xavotirda
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi to‘rt turnirdan dastlabkisi - Avstraliya ochiq chempionatining g‘olibiga aylangan shveytsariyalik Rojer Federer musobaqa haqidagi fikrlarini bildirdi.
- Bu g‘alaba mening jamoam uchun katta voqea bo‘ldi, - dedi Rojer Federer. - Menga final uchrashuvini kunduzi tashkil etilgan yoqdi. Avvallari tungi ikkigacha matbuot anjumanida qolib ketardik. Jurnalistlar bilan uchrashgandan keyin doping test topshirish kerak. To‘g‘risi bu gal sal xavotirdaman va hammasini to‘g‘ri qilishim kerak.

Rojer Federer Avstraliya ochiq chempionatining finalida azaliy raqibi - ispaniyalik Rafael Nadalni 6:4, 3:6, 6:1, 3:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Fikrlar