Fernando Verdasko ikkinchi davrada

Avstriya poytaxti Vena shahrida erkaklar o‘rtasida "Erste Bank Open" turnirida birinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.

Ushbu bosqichda ispaniyalik tennischi Fernando Verdasko frantsiyalik Per-Yuge Erberni  6:7, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa Verdasko ikkinchi davrada britaniyalik Kayl Edmund va argentinalik Diego Shvartsman uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!