Finalda ikki qat’a vakillari to‘qnashadi
Braziliyaning San-Paulo shahrida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 455 565 AQSh dollari bo‘lgan nufuzli musobaqa finalida Urugvay va Ispaniya tennischilari o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.
Ushbu turnirning birinchi yarim finalida ispaniyalik Albert Ramos portugaliyalik raqibi Joau Souzani 6:7, 7:5, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ikkinchi yarim finalda esa urugvaylik Pablo Kuevas birinchi raqamda saralangan ispaniyalik Pablo Karreno-Bustadan 6:3, 7:6 hisobida ustun keldi.

Shu tariqa finalda Pablo Kuevas (Urugvay, 3) — Albert Ramos (Ispaniya, 2) bahsini ko‘ramiz.

Fikrlar