Folts kurashdan chiqdi
Turkiyaning Istanbul shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Kecha hamyurtimiz Arina Folts bolgariyalik Nevena Georgievaga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setning 6-geymidan so‘ng o‘yinni davom ettira olmasligini ma’lum qilgan Folts turnirni tark etdi. Bu vaqtda hamyurtimiz 1:5 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi.
Kunning ikkinchi yarmida Arina sherigi Teadora Kadar bilan juftlik bahslarida kurashga kirishishi lozim edi. Biroq ushbu Folts bu o‘yinda ham ishtirok eta olmadi va turnirni tark etdi.
Shuningdek, kecha ushbu turnirda ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz Laylo Bahodirova xamda Kamola Umarovalar ham juftlik bahslarida kortga chiqishdi.
Laylo va uning sherigi Deniz Paykoch mezbonlar vakilalariga qarshi kechgan bahsda 3:6, 6:4, 6:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Kamola esa rossiyalik sherigi Sofya Treshcheva bilan birinchi davrada 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi va ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Fikrlar