Gael Monfis o‘z uyida raqibini er tishlatdi
Frantsiyalik Gael Monfis va slovakiyalik Martin Klijan "Rolan Garros" turnirining ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur uchrashuvda mezbon tennischi raqibini 6:2, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va uchinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Monfis "Katta dubulg‘a" turnirining navbatdagi bosqichida belgiyalik David Goffinga qarshi kuch sinashadigan bo‘ldi.

Fikrlar