
Grigor Dimitrov chorak finalda o‘ynaydi
Bolgariyalik Grigor Dimitrov va avstraliyalik Jon Millman Brisbenda o‘tayotgan turnirning ikkinchi davrasida o‘zaro to‘qnash keldi.
Ushbu uchrashuvda Grigor raqibini 6:3, 6:4 hisobida taslim qildi va chorak finalga yo‘l oldi. Mazkur g‘alabadan so‘ng Dimitrov o‘zaro o‘yinlardagi hisobni 1:1 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa "Brisbane International" musobaqasining chorak finalida G.Dimitrov yaponiyalik Kei Nishikoriga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar