"Inter" - "Parma" 0:1 (video)

  • 15 sentabr, 2018, 21:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bundan biroz avval  Italiya A Seriyasi 4-turidan o‘rin olgan "Inter" hamda "Parma" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.

Milan shahridagi "Juzeppe Meatstsa" stadionida kechgan bellashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Uchrashuvdagi yagona gol 79-daqiqada Federiko Demarko tomonidan kiritildi.

Bu "nerradzurrilar" uchun mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Luchano Spaletti shogirdlari 1-turda "Sassuolo"ga imkoniyatni boy bergan edilar. "Parma" es mavsumdagi dastlabki g‘alabasini aynan bugun kiritdi. Ular "Inter"ga qarshi o‘yin oldidan turnir jadvalida 18-o‘rinda borayotgan edilar.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!