Istomin "Rolan Garros"da ham sensatsiya qiladimi?
Joriy yilning 28 may - 11 iyun kunlari Frantsiyaning Parij shahrida "Katta dubulg‘a" turkumidagi ikkinchi turnir - "Rolan Garros" bo‘lib o‘tadi.
Frantsiya ochiq chempionati tashkilotchilari bu turnirda asosiy to‘rdan joy olgan jami 104 nafar tennischining ro‘yxatini e’lon qildi.
Jahon reytingida 72-pog‘onani egallab turgan mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin "Rolan Garros"ning asosiy to‘rida o‘ynaydigan raketka ustalari qatoridan joy oldi.
Denis Istomin yanvar oyida "Katta dubulg‘aning" ilk turniri - Avstraliya ochiq chempionatida serbiyalik Novak Jokovichni mag‘lubiyatga uchratib, shov-shuv ko‘targan edi.

Fikrlar