Istomin rosa ter to‘kdi
Madridda dunyoning eng kuchli tennischilari ishtirokida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi olti million AQSh dollariga yaqin bo‘lgan "Mutua Madrid Open - 2017" xalqaro turnirining birinchi davra bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu musobaqadagi ishtirokini saralash turniridan boshlagan mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin asosiy to‘rdagi dastlabki uchrashuvini chexiyalik Tomash Berdixga qarshi o‘tkazdi.
Bir soatdan oshiq davom etgan o‘yinda Denis g‘alaba ilinjida harakat qilgan bo‘lsa-da, o‘z maqsadiga eta olmadi. Tomash berdix 6:4, 66; hisobida zafar quchib keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Shu tariqa Tomash Berdix va Denis Istomin o‘rtasidagi o‘zaro hisob 6:0ga etdi.

Fikrlar