Jon Isner Vena bilan xayrlashdi
Avstriyaning Vena shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan turnirda tennischilar chorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashmoqda.
Unda amerikalik tennischi Jon Isner ikkinchi davrada frantsiyalik Gael Monfisga qarshi kortga chiqib, har ikkala setda bir xil 4:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa g‘alaba qozongan Gael "Erste Bank Open" turnirining chorak finalida ispaniyalik Fernando Verdaskoga qarshi kortga chiqadi.



Fikrlar