Kamila Jorji finalda!

Italiyalik Kamila Jorji va belgiyalik Alison van Uytvank Lints shahrida o‘tayotgan musobaqaning final yo‘llanmasi uchun o‘zaro raqobatlashdi.

Mazkur o‘yinda Kamila raqibasini 6:3, 6:4 hisobida engib, yarim final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.

Endi, Jorji "Upper Austria Ladies Linz" turnirining finalida rossiyalik Ekaterina Aleksandrova, yoki germaniyalik Andrea Petkovichga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!