Karatechilarimiz JChga yo‘l olishdi

CHERY AUTO

5 noyabr kuni Ispaniyaning Madrid shahrida karate bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati start oladi. Har ikki yilda o‘tkaziladigan musobaqada 130 dan ortiq mamlakat vakillari qatori terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishadi. 

Tecno

Dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz Madrid safariga yo‘l olishdi. MOQning ma’lum qilishicha, musobaqada 7 nafar sportchimiz ishtirok etishadi. Terma jamoamiz tarkibi quyidagicha: 

Erkaklar:

-60 kg: Sadriddin Saymatov;
-67 kg: Iqboljon Uzoqov;
-75 kg: Dastonbek Otabolaev;
+84 kg: G‘ofurjon Zohidov.

Ayollar:

-50 kg: Baxriniso Boboeva;
-61 kg: Barno Mirzaeva;
-68 kg: Dildor Annadurdieva.

Qayd etish lozimki, karate Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olganidan so‘ng sportning ushbu turiga bo‘lgan qiziqish sezilarli ravishda o‘sdi. Taqqoslash uchun bungacha o‘tkazilgan jahon chempionatlarida ishtirokchi mamlakatlar va sportchilar soni quyidagicha bo‘lgandi.

Lints-2016: 110 mamlakatdan 1049 nafar sportchi;
Bremen-2014: 116 mamlakatdan 700 nafar sportchi;
Parij-2012: 116 mamlakatdan 990 nafar sportchi.

Bo‘lajak musobaqada karatechilarimizga omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!