
Kurash: Kumush Yo‘ldosheva finalda
Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan kurash bahslarida birinchi finalchi nomi ma’lum bo‘ldi.
-78 kg vazn toifasidagi ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan bahsda hamyurtimiz Kumush Yo‘ldosheva Xitoy Taypeyi vakilasi Xsientsu Yangga qarshi gilamga ko‘tarildi.
Qiziqarli o‘tgan bahsda hamyurtimizning qo‘li baland keldi. Endi Yo‘ldosheva finalda Munxtsetseg Otgon va vetnamlik Ti Lan Nguenga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar