Kurashchilarimizdan omad yuz o‘girmoqda
Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahrida sport kurashlari bo‘yicha yirik xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa Ivan Yarigin xotira turniri doirasida Gran-pri maqomiga ega.
3 kun davom etgan bellashuvlardan so‘ng terma jamoamiz vakillari hozircha shohsupaga ko‘tarila olishmayapti. Asosan yosh sportchilar bilan tashrif buyurgan terma jamoamiz ushbu musobaqa orqali kurashchilarimizning xalqaro maydondagi tajribalarini oshirishga e’tibor qaratishgan. Rio Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abbos Raxmaonov va -74 kg. vazn toifasida Rashid Qurbonov bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Biroq ularga bu bosqichda omad yuz o‘rigdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bahslari davom etmoqda.
Fikrlar