Lyan En-Shou “Australian Open – 2018” g‘olibiga aylandi
Avstraliya ochiq chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda Tayvan sharafini himoya qilgan 17 yoshli Lyan En-Shou finalda frantsiyalik Klara Byurelga qarshi kortga chiqdi.
Ushbu uchrashuvda Lyan raqibini 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” musobaqasining bosh sovriniga ega bo‘ldi.
Shu tariqa Lyan o‘z mamlakatida bu kabi nufuzli turnirda g‘alaba qozongan birinchi tennischiga aylandi.

Fikrlar