
"Manchester Yunayted" – "Liverpul". Prevyu
Xabaringiz bor bugun Angliya premer-ligasining 27-turidan o‘rin olgan markaziy bahsi Manchester shahridagi “Old Trafford” arenasida bo‘lib o‘tadi. Aniqrog‘i, shu kuni mezbon “Manchester Yunayted” musobaqa peshqadamlaridan biri hisoblangan “Liverpul”ni qabul qiladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- “Manchester Yunayted” APL doirasida “Liverpul”ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 9ta uy uchrashuvidan 7tasida g‘alaba qozongan.
- Agar bugun “Liverpul” g‘alaba qozonsa, u holda 2013/14 yilgi mavsumdan buyon ilk bor MYuni ketma-ket 2ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchratgan bo‘ladi.
- “Liverpul” 1996 yildan buyon ilk bor “Old Trafford”ga APLning 2-pog‘onasida borayotgan jamoa sifatida tashrif buyurmoqda.
- “Liverpul” premer-liga doirasida o‘tkazgan so‘nggi 13ta mehmondagi bahslarning faqat 1tasida mag‘lubiyatga uchragan.
- “Liverpul” APLning kuchli to‘rtligida borayotgan jamoalarga qarshi mehmondagi qatorasiga 7ta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti.
Taxminiy tarkiblar:
"Manchester Yunayted" – "Liverpul"
Stadion: "Old Traford" (Manchester)
Boshlanish vaqti: 19:05
Bosh hakam: Maykl Oliver
"Manchester Yunayted": De Xea – Yang, Smolling, Lindelyof, Shou – Errera, Matich, Pogba – Mata, Reshford, Lukaku.
"Liverpul": Alisson – Aleksandr-Arnold, Van Deyk, Matip, Robertson – Fabino, Veynaldum, Milner – Salax, Mane, Firmino.
Fikrlar