
Martin Klijan ikkinchi davrada
Avstraliyaning Sidney shahrida erkaklar o‘rtasida "Sydney International" turnirining asosiy to‘r bahslari boshlandi.
Unda slovakiyalik Martin Klijan va avstraliyalik Alekseya Popirin birinchi davra bahslarida raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda 7:6, 4:6, 7:6 hisobida Martinning qo‘li baland keldi.
Endi Klijan ikkinchi davrada frantsiyalik Jeremi Shardi, yoki italiyalik Andreas Seppiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar