Merganlar O‘zbekiston kubogida

Ayni kunlarda Navoiy shahrida yoshlar urtasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining uchinchi bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

"Kubok musobaqalarining barcha bosqichlari bir-biridan qiziqarli tus olayotganiga sabab, g‘oliblarni ta’qib qilayotgan merganlar yanada aniqroq harakat qilayotgan bo‘lsa, etakchilar yakunda o‘z o‘rinlarini saqlab qolishga intilishayotganidir",- deydi musobaqa hakami Sh. Nabiev.

Musobaqalarning dastlabki kuni ishtirokchilar pnevmatik tupponchadan o‘q uzish bo‘yicha mahoratlarini ishga solishdi. Natijalarga ko‘ra namanganlik Muxammad Kamolov 222 ochko jamg‘arib birinchi, Toshkent viloyati sprtchisi Abduraxmon Anarboev 220 ochko bilan ikkinchi, farg‘onalik  Shoxjahon Maxmudov 197 ochko bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

o%60q%20otish3.jpg

Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda esa Iroda Azimboeva (Toshkent v) birinchi,  Maqsuda Kerimova (Xorazm v) ikkinchi, Bonu Tilovberdieva (Toshkent v) uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqalarning navbatdagi kunlarida ishtirokchilar pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha etakchilik uchun kurashni davom ettirishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!