
Messi "MYu" transferini yo‘qqa chiqarmoqchi
Ispaniya chempionligi uchun "Real" bilan raqobatlashayotgan "Barselona" klubi etakchisi Lionel Messi kutilmaganda "Manchester Yunayted"ning transfer rejasini barbod qilishga urina boshladi.
Ma’lumki, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino yozgi transferlar mavsumida "Barselona" himoyachisi Xordi Albani o‘z tarkibiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Futbolchi ham Manchesterga ko‘chib o‘tish niyatida.
Biroq, Lionel Messi o‘z jamoadoshini Kataloniyada olib qolmoqchi. Lionel agar Xordi Alba ketsa, "Barselona"ning chap qanot himosi parokandalikka yuz tutishidan xavotirdi. Chunki kataloniyaliklar o‘ng qanot himoyasida ishonchli o‘ynab kelgan Daniel Alvesdan voz kechgan hali ham uning uo‘rnini bosadigan futbolchi topa olmadi.
Fikrlar