Milosh Raonich yana uchrashuvga kelmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kanadalik tennischi Milosh Raonich yaqinda AQShning Delrey Bich shahri mezbonlik qilgan "Delray Beach Open - 2017" xalqaro turnirining finaliga kelmagan edi. Jahon reytingida beshinchi pog‘onani egallab turgan Raonich Mayamidagi musobaqaning uchinchi davrasini tark etdi.

 

Mukofot jamg‘armasi 6 993 450 AQSh dollari bo‘lgan "Miami Open - 2017" turnirining bu bosqichida kanadalik tennischi mezbonlar vakili bilan bellashishi lozim edi. Biroq, Milosh tizzasidagi jarohat tufayli o‘yinga kelmagani ma’lum qilindi.

Natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Federiko Delbonis (Argentina) — Yan-Lennard Shtruff (Germaniya) 7:6 6:1

Key Nisikori (Yaponiya, 2) — Fernando Verdasko (Ispaniya, 25) 7:6 6:7 6:1

Nikolya Mayu (Frantsiya) — Gido Pelya (Argentina) 6:4 6:3

Jared Donaldson (AQSh, Q) — Milosh Raonich (Kanada, 3) Rt

Donald Yang (AQSh) — Benua Per (Frantsiya) 7:6 6:4

Fabio Fonini (Italiya) — Jeremi Shardi (Frantsiya) 3:6 6:4 6:4

Rafael Nadal (Ispaniya, 5) — Filipp Kolshrayber (Germaniya, 26) 0:6 6:2 6:3

Jek Sok (AQSh, 13) — Irji Vesely (Chexiya) 6:3 7:6

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!