Minsk. Yigitlarimizda g‘alaba va...

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, ayni kunlarda Belarus poytaxti Minsk shahrida  “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Sovrin jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda hamyurtlarimiz ham kurashni davom ettirmoqda.

Kecha Xumoyun Sultonov birinchi davrada mezbonlar vakili Yaraslav Shilaga qarshi kortga chiqdi.1 soat 15 daqiqa davom etgan uchrashuvda Xumoyun 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Saida’lo Saidkarimov esa urkainalik Artem Vasheshnikovni 7:6, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Juftlik bahslarida ham ishtirok etayotgan Saida’lo kecha qirg‘izistonlik sherigi bilan mezbonlar vakillari Lianenka/Jgirovskiy duetiga qarshi kortga chiqdi. Bu o‘yinda Saidkarimov va uning sherigi 4:6, 6:3, 10:7 hisobida g‘alaba qozondi.

Shonig‘mat Shofayziev/Tsivadze dueti esa Aleksis Kante/Moreno duetiga 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!