
Monson o‘zini siyosatda sinab ko‘rmoqchi
Avvalroq xabar berganimizdek, amerikalik jangchi Jeff Monson may oyining oxirida Rossiya fuqarosiga aylandi. Shundan so‘ng, jangchi kelajakdagi maqsadlari haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Siyosatdagi faoliyatimni Krasnogorsk viloyatida boshlamoqchiman, keyinchalik Rossiya Davlat Dumasida ishlab, fuqarorlarga imkon qadar yordam berishni xohlayman. Bugungi kundagi maqsadim, Krasnogorsk viloyat parlamenti a’zosiga aylanishdir, - deya Monsoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Govori Moskva” radiosi.
Ma’lumot uchun, Monson 28 may kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning qaroriga asosan mamlakat fuqarosiga aylandi.
Fikrlar