Monterreyda eng kuchli tennischilar qoldi
Meksikaning Monterrey shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 226 750 AQSh dollari bo‘lgan musobaqada yarim finalchilar aniqlandi.
"Abierto Monterrey Afirme - 2017" turniri yarim finalchilarining barchasi saralangan kuchli tennischilar bo‘ldi.

Natijalar bilan tanishing:
Karolin Garsiya (Frantsiya, 3) — Djuliya Bouzrap (AQSh) 6:3 6:2
Anastasiya Pavlyuchenkova (Rossiya, 2) — Timya Babosh (Vengriya, 5) 6:2 3:6 7:5
Karla Suares-Navarro (Ispaniya, 4) — Alize Korne (Frantsiya, 7) 6:1 6:1
Anjelika Kerber (Germaniya, 1) — Xiter Uotson (Buyuk Britaniya) 6:4 6:4
Yarim finalda quyidagi tennischilar o‘zaro raqobatlashadi:
Karolin Garsiya (Frantsiya, 3) — Anastasiya Pavlyuchenkova (Rossiya, 2)
Anjelika Kerber (Germaniya, 1) — Karla Suares-Navarro (Ispaniya, 4)

Fikrlar