
Navoiyda triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi
Navoiy shahrida Olimpiya o‘yinlari tarkibidan o‘rin olgan triatlon bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi va chempionati boshlandi.
Respublikamizning barcha hududlaridan jami 137 nafar sportchi qatnashayotgan musobaqa uchta yosh toifasida tashkil etilgan.
Triatlonda g‘oliblar suzish, suzish, velopoyga hamda yugurish bo‘yicha qayd etgan yuqori natijalarga ko‘ra aniqlanadi.
2001-2003 yilda tug‘ilgan sportchilar:
Suzish – 750 metr
Velopoyga – 10 km
Yugurish – 2,5 km
1999-2000 yilda tug‘ilgan sportchilar:
Suzish – 750 metr
Velopoyga – 20 km
Yugurish – 5 km
1998 va undan katta sportchilar:
Suzish – 1,5 km
Velopoyga – 40 km
Yugurish – 10 km
Musobaqa g‘oliblari ertangi final bahslaridan so‘ng aniqlanadi.
Fikrlar