Nik Kirios o‘yinni yakunlay olmadi
Atlanta shahrida o‘tayotgan "BB&T Atlanta Open" turnirida professional tennischilar chorak final bahslarini yakunladi.
Unda amerikalik Jon Izner germaniyalik Misha Zverev ustidan 7:5, 4:6, 6:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, avstraliyalik Metyu Ebden kiprlik Markos Bagdatisni 6:3, 6:2 hisobida taslim qildi.
Mezbon tennischi Rayan Xarrison va koreyalik Xyon Chon o‘rtasidagi o‘yinda 6:7,6:2,7:6 hisobi qayd etildi. Britaniyalik Kemeron Norri hamda avstraliyalik Nik Kirios bahsi muddatidan oldin yakunlandi

Fikrlar