Nikolaz Basilashvili Germaniyada boyib ketdi
Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan "German Tennis Championship" turnirida Gruziya sharafini himoya qilgan Nikolaz Basilashvili bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
U musobaqaning final bahsida argentinalik Leonardo Mayerga qarshi kortga chiqdi. Sovrin jamg‘armasi 1,753,255 evro bo‘lgan turnirda Nikoloz 6:4, 0:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa turnirda g‘alaba qozongan Basilashvili 349,200 evro pul mukofoti va 500 reyting ochkosini ishlab oldi.

Fikrlar