Novak Jokovich bugun 31 yoshga to‘ldi
Bugun serbiyalik tennischi Novak Jokovich o‘zining 31-bahorini nishonlamoqda.
Novak Jokovich 1987 yilning 22 may kuni Belgradda (Serbiya) dunyoga kelgan. U tennis bilan to‘rt yoshidan beri shug‘ullanib keladi.
Professional tennisdagi faoliyatini 2003 yildan boshlagan bo‘lib, u bugunga qadar 68ta ATR turnirlarida zafar quchgan va 110.474.762 AQSh dollari pul mukofotini ishlab olgan.

Fikrlar