Novak Jokovich o‘z o‘yinini topa olmayapdi

ATR tomonidan Indian-Uellse shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda serbiyalik tennischi Novak Jokovich ishtirokini yakunladi.

Musobaqaning ikkinchi davrasida Novak yaponiyalik Taro Danielga qarshi kortga chiqdi va 6:7, 6:4, 1:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa "BNP Paribas Open - 2018" turnirining uchinchi davrasida Daniel argentinalik Leonardo Mayera bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!