Odil bosh sovrinni qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonning Aktobe shahrida tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirning juftlik bellashuvlarida hamyurtimiz Odil Karimov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Iste’dodli tennischimiz xalqaro turnirning juftlik bellashuvlarida rossiyalik Akshin Mextiev bilan birga o‘ynadi. bu duet finalgacha bo‘lgan bahslarda qozog‘istonlik Shohruh G‘ayratov va Bekzod Usipbekov, Amir Aitqozi va Dimitriy Bezborodov, rossiyalik Alibek Kachmazov va Klim Kozirevni mag‘lubiyatga uchratdi.
Odil va Akshin finalda birinchi raqamda saralangan juftlik - qozog‘istonlik Timur Maulenov va Dias Meyirbek bilan raqobatlashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda 7:5, 7:5 hisobida zafar quchgan Odil Karimov va Akshin Mextiev bosh sovrin sohibi bo‘ldi.

Fikrlar