
"Olmaliq" irodali g‘alabaga erishdi
Mini-futbol bo‘yicha Oliy Liga jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati 3-tur uchinchi kungi bahslari taqvimidan o‘rin olgan “Olmaliq” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda olmaliqliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Xususan, dastlab, “qaldirg‘ochlar” vakili Ilhom Rajabov 3 daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 7-daqiqada Jamoliddin Sharipov hisobni tenglashtir va oradan yo daiqa o‘tar-o‘tmas, Dilshod Irsaliev jamoasini oldinga olib chiqdi. Shuningdek, Farhod Abdumavlonovning 33-daqiqada urgan goli hisobning 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.
Qayd etish joiz, oldinroq, “Kogon” ham “Maksam-Chirchiq” ustidan g‘alaba qozongandi.
Oliy liga
3-tur, 3-kun
18.01.2017
"Olmaliq" - "Bunyodkor" 3:1
Gollar: J.Sharipov 7, D.Irsaliev 8, F.Abdumavlonov 33 - I.Rajabov 3
Fikrlar