O‘zbek derbisida Sanjar g‘olib bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qarshi shahrida Professional tennischilar uyushmasi - ATR musobaqalari taqvimiga kiruvchi "Chellenjer" turnirining asosiy to‘r o‘yinlari davom etmoqda.

 

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining ikki vakili - Sanjar Fayziev va Temur Ismoilov birinchi davrada bir biriga ro‘baro‘ keldi. Uchrashuvda ancha tajribali bo‘lgan Sanjar 6:3, 7:6 hisobida zafar quchdi.

Sanjar Fayziev keyingi davrada qozog‘istonlik Dmitriy Popko bilan raqobatlashadi.

Qarshidagi "Chellenjer"da Farrux Do‘stov va Jo‘rabek Karimov ham yurtimiz sharafini himoya qilyapti.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!