
O‘zbek dzyudochilari Gran-pri shohsupasida
Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri turnirining dastlabki kunida O‘zbekiston sportchilari bir juft bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida 60 kilogramm vazn toifasida o‘tkazilgan bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Sharofiddin Lutfullaev va Muhriddin Tilovov bronza medal uchun o‘tkazilgan bahsda, o‘zaro raqobatlashdi.
Tajriba va mahorat bobida raqibidan ustunlik qilgan Sharofiddin "ippon" bahosi bilan g‘alaba qozonib, shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Og‘irligi 66 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudo ustalari bahsida Sardor Nurullaev rossiyalik Olim Balkarov, mo‘g‘ulistonlik Altansux Dovdonni engib, yarim finalga chiqdi. Biroq, final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan bellashuvda belaruslik Dmitriy Minkovga imkoniyatni boy berdi.
Sardor uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan uchrashuvda isroillik Baruch Shmailovni kichik uchtunlik bilan mag‘lub etib, shohsupaga ko‘tarildi.
Toshkent Gran-prisining erkaklar o‘rtasidagi oltin medallari ozarbayjonlik Vugar Shirinli hamda belaruslik Dmitriy Minkovga nasib qildi.
Gran-prining ayollar o‘rtasidagi bahslari 48, 52 va 57 kilogramm toifalarida o‘tkazildi. Bellashuvlarda sportchilarimiz sovrinli o‘rinlarga egalik qilmadi. Oltin medallar mo‘g‘ulistonlik Urantsettseg Munkxbat, isroillik Betina Temelkova hamda polshalik Anna Borovskaga tegdi.
Toshkent gran-prisi qizg‘in davom etmoqda.
SPORTS.uz
Fikrlar