O‘zbekiston sport jamoatchiligi dopingga qarshi kurashmoqda

CHERY AUTO

 

Tecno
 

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida "Sportda dopingga qarshi kurash" mavzuida milliy seminar boshlandi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda olimpiya zaxiralari kollejlari mutaxassislari, sport federatsiyalari vakillari, o‘qituvchilar va sportchilar ishtirok etmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Turdiev, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti rektori Sh.Isroilov, YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibi A.Ikromov va boshqalar mamlakatimizda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar barkamol avlodni voyaga etkazishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

Mamlakatimizda sportni ommalashtirish va rivojlantirishning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. 2010 yil 27 dekabrda “Sportda dopingga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konventsiyani (Parij, 2005 yil 19 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun, 2015 yil 4 sentyabrda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunning qabul qilingani mamlakatimizda halol sportni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

2016 yili O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamkorligida tayyorlangan loyiha Dopingga barham berish bo‘yicha YuNESKO jamg‘armasi tomonidan tasdiqlandi.

Loyiha doirasida sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha xabardorlikni oshirish borasida o‘quv qo‘llanma professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek va rus tillarida tayyorlandi va nashr etildi. "Sportda dopingga qarshi kurash" mavzui mamlakatimizdagi olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quv dasturlariga kiritiladi va o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Mazkur seminar ham sportda dopingga qarshi kurashni yanada kuchaytirish, murabbiylar va sportchilarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!