Petra Kvitova finalda o‘ynaydi
Chexiyalik tennischi Petra Kvitova Madridda o‘tkazilayotgan musobaqaning finaliga yo‘l oldi.
Petra turnirning yarim finalida hamyurti Karolina Plishkovaga qarshi kortga chiqdi. Bahsning birinchi setini tay-brekda yutib olgan Kvitova ikkinchi setda 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi "Mutua Madrid Open" turnirining finalida Petra Kvitova hamda gollandiyalik Kiki Bertens o‘zaro raqobatlashadi.

Fikrlar