Poytaxtimizda “Velosipedchilar sayli” bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi 2018 yil 9 iyun kuni soat 16:00 dan 19:00 gacha Toshkent shahrining “PAXTAKOR” markaziy stadionida havaskor velosipedchilar, velosiped ixlosmandlari ishtirokida “Velosipedchilar sayli” tashkillashtirmoqda.
“Velosipedchilar sayli”da O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi tomonidan professional velosipedlar, sport anjomlari, sport formalari, sportchilarni quvvatlantiruvchi vositalar va oziqalar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Mazkur ko‘rgazmada Milliy terma jamoa murabbiylari, mutaxassilar va taniqli sportchilar master-klasslar hamda tushintirishlar olib boradilar.
O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi barcha havaskor velosipedchilar, velosiped ixlosmandlarini bo‘lib o‘tadigan “Velosipedchilar sayli”ga taklif etadi.



Fikrlar