Qarliq jamoasi g‘olib
Qashqadaryoning Muborak tumanida Tong MFYda joylashgan "Yoshlar" sport majmuasida “Mahalla haftaligi” va “Nuroniylar haftaligi” munosabati bilan mahallalar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi.
Muborak tumani jismoniy tarbiya va sport bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqada 50 nafarga yaqin yoshlar 4 ta jamoaga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kuch sinashdilar.
Unda Qarliq MFY jamoasi birinchi, Do‘stlik MFY jamoasi va Sariq MFY jamoalari ikkinchi hamda uchinchi o‘rinni egallashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Fikrlar