Rafael Nadal besh soatlik bellashuvda g‘olib bo‘ldi

  • 5 sentabr, 2018, 11:19
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Ispaniyalik Rafael Nadal uchun Amerika ochiq chempionatining yarim final bosqichiga chiqish oson bo‘lmadi.

Nyu-York shahrida o‘tayotgan "US Open" turnirining chorak finalida Rafael avstriyalik Dominik Tim bilan raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda Nadal raqibini 0:6, 6:4, 7:5, 6:7, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa g‘alabaga erishgan dunyoning birinchi raqamli tennischisi "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi musobaqaning yarim finalida argentinalik Xuan Martin Del Potroga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!