Raqib Istomindan qo‘rqmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQShning Mayami shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "Masters" turkumidagi yuqori nufuzli musobaqa - "Miami Open - 2017" turnirida O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka uchtasi Denis Istomin ilk uchrashuvini o‘tkazdi.

 

Mukofot jamg‘armasi 6 993 450 AQSh dollari bo‘lgan "Miami Open - 2017" turnirining qur’asi Denis Istominga omadli kelgandi. Qur’a hamyurtimizni bungacha Denisdan ikki marotaba mag‘lub bo‘lgan rossiyalik Andrey Kuznetsovga ro‘baro‘ qildi.

Biroq, uchinchi uchrashuvda Denis Istomindan hayiqmay o‘ynagan raqib g‘alaba qozondi.

Natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Adrian Mannarino (Frantsiya) — Bendjamin Bekker (Germaniya, Q) 7:6 6:3

Lu Yansyun (Tayvan) — Kasper Ruud (Norvegiya, WC) 6:2 6:1

Tommi Robredo (Ispaniya, SR) — Nikoloz Basilashvili (Gruziya, LD) 3:6 6:4 6:2

Borna Chorich (Xorvatiya) — Marsel Granolers (Ispaniya) 7:6 4:6 6:3

Damir Djumxur (Bosniya va Gertsegovina) — Chxun Xyon (Janubiy Koreya) 3:6 6:1 7:6

Andreas Seppi (Italiya) — Radu Albot (Moldaviya, Q) 6:4 6:4

Diego Shvartsman (Argentina) — Karen Xachanov (Rossiya) 6:4 3:6 7:6

Andrey Rublyov (Rossiya, WC) — Florian Mayer (Germaniya) 6:1 6:1

Orasio Sebalos (Argentina) — Gastau Eliash (Portugaliya) 6:7 6:2 7:5

Frensis Tiafo (AQSh, Q) — Konstantin Kravchuk (Rossiya) 7:5 5:7 6:1

Darian King (Barbados, Q) — Lukash Latsko (Slovakiya, Q) 7:6 6:4

Robin Xase (Niderlandiya) — Mikael Imer (Shvetsiya, WC) 7:5 7:6

Andrey Kuznetsov (Rossiya) — Denis Istomin (O‘zbekiston) 6:4 7:6

Mixail Kukushkin (Qozog‘iston, Q) — Mixail Yujniy (Rossiya, LL) 6:4 6:1

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!