"Real" - "Barselona". Prevyu

  • 2 mart, 2019, 09:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Ispaniya La Ligasining 26-tur markaziy bahsi Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida kechadi. Shu kuni “Real” chempionat peshqadami va amaldagi chempioni hisoblangan “Barselona”ni qabul qiladi.

Tecno

real_4

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

- “Barselona” “Real”ga qarshi mehmonda o‘tkazilgan so‘nggi 6ta o‘yindan 5tasida g‘alaba qozongan.

- “Real” so‘nggi bor “Barselona”na 2017 yilning 16 avgust kuni Ispaniya Superkubogi uchun bahsda mag‘lubiyatga uchratgan. Madridliklar shundan buyon o‘zlarining azaliy raqiblariga qarshi 4 marta maydonga tushishdi, biroq, ularning hech birida zafar qucha olishmayapti.

- O‘tkazilgan so‘nggi 29ta “El-klasiko”dan 25tasida 3tadan ko‘p gol kiritilmoqda.

“Real” o‘z maydonida o‘tkazilgan so‘nggi 9ta “El-klasiko”dan 8tasida “Barselona” darvozasiga 2tadan ko‘p gol ura olmayapti.

- “Barselona” joriy mavsum La Ligada o‘tkazilgan so‘nggi 12ta o‘yindan 10tasida g‘alaba qozongan.

- “Real” ayni damda o‘tkazilgan 25ta tur yakunlariga ko‘ra 48 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

- “Barselona” esa 57 ochko jamg‘argan holda yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

- “Real” va “Barselona”ning Madridda o‘tgan so‘nggi to‘qnashuvida kataloniyaliklar 3:0 hisobida zafar quchishgan.

bars_2

Taxminiy tarkiblar:

"Real" Madrid – "Barselona"

Stadion: "Santyago Bernabeu" (Madrid)

Boshlanish vaqti: 00:45

Bosh hakam: Ernandes Ernandes

"Barselona": Ter Shtegen – Semedu, Pike, Umtiti, Alba – Buskets, Rakitich, Vidal – Dembele, Messi, Suares.

"Real": Kurtua – Karvaxal, Varan, Ramos, Regilon – Kazemiro, Modrich, Kroos – Vinisius, Vaskes, Benzema.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Лео Месси
02/03/2019 09:24
Олға Барса..бу мадридликларга бир кўрсатиб қўй ким зўрлигини