Rojer Federer finalda
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi, shveytsariyalik Rojer Federer va xorvatiyalik Borna Chorich Indian-Uells shahrida "Masters" turkumiga kiruvchi musobaqaning yarim finalida o‘zaro kuch sinashdi.
Uch set davom etgan o‘yinda Rojer raqibini 5:7, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Federer "BNP Paribas Open - 2018" turnirining finalida argentinalik Xuan Martin
Del Potro va kanadalik Milosh Raonich uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar