
Rossiya yana g‘alaba qozondi
Voleybol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi Millatlar ligasida 5-xafta bahslari boshlandi.
Polshaning Valbjix shahrida o‘tgan Rossiya va Dominikan Respublikasi uchrashuvi 3-0 hisobida yakunlandi. O‘z parketida o‘ynagan Polsha esa Yaponiya terma jamoasini qiyinchilik bilan 3-2 hisobida engdi.
Italiya o‘z uyidi Tailanddan 3-0 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, Braziliya va Belgiya terma jamoalari uchrashuvida 3-1 hisobida qayd etildi.
Shtutgart shahrida Germaniya termasi Xitoyga 2-3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Gollandiya esa Turkiyani 3-2 hisobida taslim qildi.
Bugun Argentina va Janubiy Koreya, Serbiya hamda AQSh terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Eslatib o‘tamiz ushbu o‘yinlarning barchasi Argentinaning Santa Fe shahrida o‘tadi.
Fikrlar