
Rossiyalik qizlar bugun o‘ynaydi
Voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida millatlar ligasining to‘rtinchi hafta bahslari boshlandi.
Xitoyning Tszyanmin shahrida o‘tadigan bahslarda Rossiya – AQSh, Xitoy – Braziliya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.
Tailandning Nakxonratchasima shahrida Yaponiya – Turkiya bilan, Tailand esa Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi. Rotterdamda Gollandiya Dominikan Respublikasini qabul qilsa, Italiya – Serbiya termasini sinovdan o‘tkazadi.
Polshaning Bidgosh shahrida Germaniya va Belgiya, Polsha hamda Argentina terma jamoalari o‘rtasida bahslar bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar