Sabina Sharipova yarim finalda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Iste’dodli tennischimiz Sabina Sharipova chorak final bahsida belgiyalik Yanina Vikmaerga qarshi kortga chiqdi.

Hindistonda Xotin-qizlar tennis uyushmasi - WTA tomonidan mukofot puli 115.000 AQSh dollari bo‘lgan turnirda Sabina va Yanina o‘rtasidagi uchrashuv chorak finalning eng qiziqarli o‘yini bo‘ldi.

Bahsning birinchi setini 6:3 hisobida boy berib qo‘ygan Sabina Sharipova ikkinchi setda o‘yin uslubini o‘zgartirdi va 6:4 hisobida zafar quchdi. Hal qiluvchi uchinchi setida tennischimiz o‘yin tizgini o‘z qo‘liga oldi va 6:2 hisobida zafar quchdi.

Endi Sabina musobaqaning yarim finalida sloveniyalik Dalila Yakupovich bilan kuch sinashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!