Saida’lo bosh sovrin uchun kurashga qo‘shildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bahraynda "Fyuchers" turkumidagi xalqaro turnirning saralash musobaqasi yakunlandi. Musobaqada ishtirok etayotgan iste’dodli tennischimiz Saida’lo Saidkarimov asosiy to‘r yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

 

Saida’lo saralash bellashuvlarida ispaniyalik Alvaro Bueno Gilni 6:0, 6:3 va qatarlik Musa Shanan Zaydni 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va asosiy to‘rda qatnashadigan bo‘ldi.

Musobaqada qatnashadigan yana bir hamyurtimiz Sanjar Fayziev bellashuvlarni asosiy to‘rdan boshlaydi va birinchi uchrashuvda shveytsariyalik Ariya Xarajchiga qarshi kortga chiqadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!