
Sarvar Toshtemirov “oltin bola”
Janubiy Koreyaning Yanggu shahrida davom etayotggan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo kubogi hamda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bugun Muattar Nabieva -58 kg. vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘lgani xaqida xabar berib o‘tgandik.
Bugun shuningdek, erkaklar o‘rtasida 77 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Sarvar Toshtemirov dast ko‘tarishda 143 kg, siltab ko‘tarishda 168 kg, umumiy hisobida 311 kg. og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirib, oltin medal sohibiga aylandi.
Natijada musobaqaning birinchi kunida kumush va bronza medallariga ega chiqqan o‘zbekistonlik atletlar bugun delegatsiyamiz hisobiga bir yo‘la ikkita oltin medalni qo‘shib qo‘yishdi. Musobaqalar davom etadi.
Fikrlar