Sharofiddin Lutfullaev “Marsters”da shohsupaga ko‘tarildi

  • 30 noyabr, -0001, 00:00
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Rossiyaning Cankt-Peterburg shahrida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha “Marsters” turkumiga kiruvchi musobaqada dunyoning 50dan ortiq davlatidan kelgan dzyudochilar 14 vazn toifasida kuch sinashmoqda.

Tecno

Musobaqaning dastlabki kunida vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan polvonimiz Sharofiddin Lutfullaev bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Sharofiddin turnirda braziliyalik Erik Takabateykni mag‘lubiyatga uchratdi. Afsuski, yarim finalda u ispaniyalik Fransisko Garrigoska imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Dzyudochimiz musobaqaning bronza medali uchun o‘tgan bahsda rossiyalik Robert Mshvidobadzega qarshi bellashib, yakunda ippon bahosi bilan g‘alaba qozondi.

Shuningdek, “Marsters” turkumiga kiruvchi musobaqada ilk marotaba ishtirok etgan hamyurtimiz G‘iyosjon Boboev 73 kilogrammgacha vazn toifasida beshinchi pog‘onadan joy oldi.

photo_2017-12-16_23-14-49

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!